Jahon | 09:08 / 05.06.2020
21329
1 daqiqa o‘qiladi

Chaqmoq AQShning eng katta bayrog‘ini o‘rtasidan yirtib yubordi

AQShning Viskonsin shtatida o‘rnatilgan mamlakatning eng katta milliy bayrog‘i chaqmoq urgandan keyin o‘rtasidan yirtilib ketdi. 

Foto: Twitter

Heavy portalining xabar berishicha, AQShning bir qator shtatlarida oxirgi kunlarda yomon ob-havo hukm surmoqda. Kuchli momaqaldiroq va shamol 30 mingdan ko‘proq uyni elektr ta'minotisiz qoldirgan. Shu jumladan, AQShning eng katta bayrog‘iga ham zarar yetgan.

Acuity Insurance deb nomlangan ushbu bayroqning o‘lchami 21 metrga 42,6 metrni, og‘irligi 154 kgni tashkil qiladi. U  Sheboygan sharsharasi yaqinida 30 metr balandlikda AQSh armiyasida halok bo‘lgan mahalliy aholi xotirasiga hilpirab turadi. 

Mavzuga oid