Bugun uchta hududda aholi orasida 25 nafar bemor aniqlandi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 38 kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yilgani haqida ma'lum qildi.
«2020 yil 9 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4520 (+38) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin muassasalarida, 13 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashinalar haydovchilari va 17 nafari esa aholi orasida qayd etildi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
9 iyun kuni 80ta yangi holat tasdiqlandi. SSV axborotiga ko‘ra, ulardan 25 nafari aholi orasidan qayd etilgan: Toshkent shahrida – 11, Navoiy viloyatida – 13, Toshkent viloyatida – 1 nafar bemor aniqlandi.
Qolgan bemorlarning 42 nafari karantin muassasalaridan, 13 nafari xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan qayd etilgan.
9 iyunda 102 kishi sog‘ayib chiqib, jami tuzalganlar soni 3459 nafarga yetdi. Bu – umumiy bemorlarning 76 foiziga teng. Eslatib o‘tamiz, kecha qurbonlar soni 18 nafarga yetgan edi.
Hozirda O‘zbekiston shifoxonalarida 1043 bemor Covid-19'dan davolanyapti.
Mavzuga oid
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:30 / 28.09.2024
O‘zbekistonga 3 metrlik bo‘g‘ma ilonni olib kirmoqchi bo‘lgan bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
12:20 / 28.09.2024