O‘zbekiston | 21:42 / 10.06.2020
31479
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun 5ta hududda 73 bemor koronavirusdan forig‘ bo‘ldi

Sog‘ayish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Toshkentdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 20 nafar va Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 28 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu tariqa, 10 iyun kuni:

  • Toshkent shahrida 49 kishi (ular orasida tojikistonlik bir nafar 40 yoshli fuqaro ham bor);
  • Navoiy viloyatida 8 kishi;
  • Buxoro viloyatida 7 kishi;
  • Samarqand viloyatida 6 kishi;
  • Namangan viloyatida 3 kishi koronavirusdan forig‘ bo‘ldi.

So‘nggi berilgan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda kamida 4591 kishi koronavirusga chalingan.

Ulardan 3532 nafari tuzalib chiqdi, qurbonlar soni 18 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid