Jamiyat | 14:05 / 10.06.2020
14648
1 daqiqa o‘qiladi

Magistraturaga imtihonlarni umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish taklif qilindi

Magistratura bosqichiga qabul imtihonlarini umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish taklif etildi.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida magistratura bosqichiga qabul imtihonlarini umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish haqida petitsiya joylashtirildi

Qayd etilishicha, hozirgi kunda magistraturaga kirish sinovi oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilmoqda. Bakalavriat bitiruvchilari va ularning ota-onalari tomonidan kirish sinovlari oliy ta'lim muassasalarida o‘tkazilishi sababli ko‘plab korrupsiogen holatlar yuz berayotganligi haqida ko‘plab e'tirozlar bildirilmoqda. 

“Shu sababli, magistratura bosqichiga qabul jarayonini jamoatchilik muhokamasi asosida qaytadan ko‘rib chiqish zarur. Qabul jarayonini oliy ta'lim muassasasida emas, balki umumiy pavilonlarda, videokamera kuzatuvi asosida onlayn translatsiya qilish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, magistratura bosqichiga qabul imtihonlarini umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish taklif qilingan.

Mavzuga oid