O‘zbekiston | 16:44 / 11.06.2020
53702
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 4700dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 22 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

2020 yil 11 iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4717 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari karantin markazidagi  fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan), 3 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda qolgan 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Ayni paytda mamlakatda 3611 (+79) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1087 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzuga oid