Jamiyat | 13:30 / 12.06.2020
9872
2 daqiqa o‘qiladi

G‘ijduvonda qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 29 may kunidan 30 may kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 01:20larda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan G‘ijduvon tumani Degrezon ko‘chasida yashovchi 27 yoshli M.R. uyida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini tashkil qilib, fuqarolar I.Q., A.K., S.Sh., O.K.ning qimor karta o‘ynashlari uchun mehmonxonadan joy ajratib, sharoit yaratib berib, qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, pullar va kartalar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid