AQSh prezidenti mamlakat milliy jamoasi o‘yinlarini ortiq tomosha qilmasligini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat futbol federatsiyasi (USSF) davlat madhiyasi yangrayotganda tiz cho‘kib o‘tirishga ruxsat bergani uchun bundan buyon futbol bo‘yicha AQSh milliy jamoasi o‘yinlarini tomosha qilmasligini e'lon qildi.
«Ularning o‘yinlarini ortiq tomosha qilmayman!», — deya yozgan Tramp «tvitter»dagi rasmiy sahifasida.
AQSh futbol federatsiyasi 11 iyun kuni milliy jamoa o‘yinchilarining davlat madhiyasi yangrayotganda tik turgan holda bo‘lishlari majburiyatini bekor qildi. Ushbu qoida 2017 yilda ayollar futboli bo‘yicha AQSh milliy jamoasi futbolchisi Megan Rapinoning Tailandga qarshi o‘yin oldidan tiz cho‘kib o‘tirganidan keyin joriy etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalar davomida AQShda irqiy kamsitish va politsiyachilarning zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
19:09 / 17.10.2024
Qozog‘iston bosh murabbiyi Cherchesov qozoq tili haqidagi hazili uchun jazolandi
11:52 / 06.09.2024