O‘zbekiston | 16:06 / 18.06.2020
7225
3 daqiqa o‘qiladi

«TURKISTON» bank – rivojlanishning yangi bosqichi

Foto: Turkiston bank

«TURKISTON» xususiy aksiyadorlik tijorat banki 1998 yil tashkil topgan bo‘lib, 22 yildan ortiq bank xizmatlari bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. «TURKISTON» banki o‘z faoliyati davridagi boy tajriba hamda jahon bank amaliyotida tan olingan, bank biznesini yuritishning eng zamonaviy usullari va texnologiyalaridan imkon qadar samarali foydalanishni yaratib beruvchi o‘z taraqqiyot strategiyasiga ega bankdir.

Hozirgi kunda bankning Bosh ofisi, 2 filial, 3 bank xizmatlari markazi va 2 mini-bankida mijozlarga barcha turdagi sifatli va tezkor bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Bankning mijozlari soni jami 25 000 dan ortiq bo‘lib, ular qatoridan 18 000 ga yaqin jismoniy shaxslar, 2 300 ga yaqin korxona va tashkilotlar hamda  1 700 ga yaqin xususiy tadbirkorlar joy olgan.

2020 yildan boshlab bankning asosiy strategik maqsadi - bu bankning tez sur'atlarda rivojlanishiga erishishdir. 2020 yil davomida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi esa - bu bank ustav kapitalini oshirish, shu bilan birga Toshkent shahri va viloyatlarda bank xizmatlari markazlari sonini ko‘paytirish. Bank o‘z mijozlariga yaqin orada bir nechta mutlaqo yangi, zamonaviy bank xizmat turlarini taqdim etishni mo‘ljal qilgan. Buning yaqqol isboti sifatida «TURKISTON» banki banklar orasida O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib 2020 yil 16 iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining elektron pullar tizimi reyestriga kiritilgan elektron pullar tizimining elektron pullar emitentiga aylanganligini e'tirof etish mumkin.

Hozirgi vaqtda bank barcha asosiy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ega. Bankning yangilangan strategiyasi yuqori kapitalizatsiyani va ayni paytda ishonchlilik va barqarorlikni nazarda tutadi. Bank yuqori darajadagi joriy likvidlilikka, aktivlarning izchil o‘sishi va ularni qoplashning barqaror manbalariga ega. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarning barchasi «Standard&Poor's» xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan baholangan.

Bankning eng asosiy tamoyili – mijozlarga yuqori darajadagi servis ko‘rsatish va hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli sherikchilik o‘rnatish. Yana bir e'tiborli tarafi shundan iboratki, shu kunlarda bank xorijning axborot texnologiya sohasida yetakchi kompaniyalari bilan zamonaviy avtomatlashtirilgan bank tizimini yo‘lga qo‘yish ishlarini yakuniga yetkazmoqda. Bu o‘z navbatida bir qancha, onlayn mahsulotlarni taqdim etishga platforma yaratadi, shu qatorda yangi mobil ilova va yana ko‘plab yangi mahsulotlar ham yaratiladi.

«TURKISTON» banki bilan bank xizmatlari yanada oson va qulay.

Mavzuga oid