AQShda namoyishchilar Jorj Vashington haykalini ag‘darib tashlashdi
18 iyun kuni kechga yaqin bir necha o‘n kishi yodgorlik yonida to‘plangan va unga Vashingtonni irqchilikda ayblab hamda Jorj Floydni xotirlab yozuvlar yozishgan.
AQShning Portlend shahrida irqiy tengsizlik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishi qatnashchilari AQSh asoschisi va birinchi prezidenti Jorj Vashington haykalini ag‘darib tashlashdi. Buhaqda CBS News telekanali xabar berdi.
18 iyun kuni kechga yaqin bir necha o‘n kishi yodgorlik yonida to‘plangan va unga Vashingtonni irqchilikda ayblab hamda Jorj Floydni xotirlab yozuvlar yozishgan. Haykal boshiga esa AQSh bayrog‘ini o‘rab yoqib yuborishgan.
Qorong‘u tushganida norozilik bildiruvchilar yanada ko‘paygan va ular haykalni ag‘darib tashlashgan.
AQShning o‘nlab shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Noroziliklar Minneapolisda qora tanli Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida halok bo‘lganidan so‘ng boshlandi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024