Jahon | 21:46 / 25.06.2020
2726
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziya xalqaro aviaaloqaga taqiqlovni avgustgacha uzaytirdi 

Gruziya xalqaro muntazam parvozlarga cheklovni 31 iyulgacha uzaytirdi. Avvalroq mamlakatni xorijiy sayyohlar uchun 1 iyuldan ochish rejalashtirilgandi.

Foto: Tengrinews.kz

Gruziyaning fuqarolik aviatsiyasi agentligi aviakompaniyalarni Gruziya hukumatining ushbu qaroridan xabardor qilgan. Muntazam aviaaloqani tiklash qarori Gruziyadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, agentlik yo‘lovchilarni parvozlar tiklanishi sanasi tasdiqlanmaguncha har qanday yo‘nalish bo‘yicha chiptalar sotib olmaslikka chaqirgan.    

Agentlikda ta'kidlanishicha, bir necha yo‘nalishda ba'zi charter reyslar amalga oshiriladi.

Gruziyada koronavirus pandemiyasi sababli 21 martdan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aviaaloqa to‘xtatilgandi.

Mavzuga oid