Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori maqomi bo‘yicha vazirga tenglashtirildi
"O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50ta shtat birligi miqdorida belgilandi (10ta shtat birligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40ta shtat birligi esa Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi).
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Agentlik direktori o‘rinbosarlari agentlik direktori taqdimnomasiga ko‘ra prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, agentlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalarni chuqur tahlil qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi.
Agentlik har yili ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilinishi lozim bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma'ruzani shakllantiradi hamda uni O‘zbekiston prezidenti va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi
07:36 / 25.10.2024
Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
11:40 / 16.10.2024