Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
Toshkent shahrida koronavirusga chalinib, 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan 59 yoshli erkak olamdan o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan va surunkali kasalliklardan davolanib kelgan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. joriy yil 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun'iy nafas berish apparatiga ulangan.
Unga «Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Bemor (erkak kishi) oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.Joriy yil 2 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
O‘zbekistonda so‘nggi marta 1 iyul kuni koronavirusdan o‘lim holati qayd etilgandi - Qashqadaryoda 64 yoshli erkak koronavirusning O‘zbekistondagi 27-qurboniga aylangandi.
Shu vaqtgacha Toshkentda 14, Namanganda 4, Samarqandda, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona, Buxoro va Qashqadaryoda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022