Sport | 21:02 / 06.07.2020
9299
1 daqiqa o‘qiladi

O‘ktam Barnoyev Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga rais etib saylandi

Bugun, 6 iyul kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi va unda federatsiyaga yangi rais saylandi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

MOQ matbuot xizmati xabarida aytilishicha, federatsiya raisligiga bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev nomzodi ilgari surildi.  

Taklif bir ovozdan ma'qullanib, O‘ktam Barnoyev Yilqichilik va ot sporti federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.

Shuningdek, Feruz Abdullayev rais o‘rinbosari, Kamol Xudoyberdiyev esa federatsiya raisining o‘rinbosari – bosh kotibi, Bahrom Norqobilov, hamda “O‘zbegim otlari” ot zavodi rahbari Avaz Ismoilov esa jamoatchilik asosida federatsiya raisining o‘rinbosarlari etib saylanishdi.

Sohaning yetuk mutaxassislari Bahrom Gaziyev hamda Akmal Toshov ham federatsiya raisining o‘rinbosarlari sifatida jamoatchilik asosida faoliyatini davom ettirishadi.

Mavzuga oid