O‘zbekiston | 14:03 / 11.07.2020
24972
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Qiziriq tumaniga hokim etib tayinlandi

Bugun, 11 iyul kuni Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Olim Boboqulovich Muhammadiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Qiziriq tumani hokimi vazifasidan ozod qilingan.

Shu kungacha viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhom Elmurodovich Yusupov Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Ilhom Yusupov
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Ma'lumot o‘rnida, Ilhom Yusupov 1977 yilning 14 iyunida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi, 2015 yilda Ichki ishlar akademiyasining Oliy akademik kursini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Jarqo‘rg‘on tumani IIB bo‘linma boshlig‘i, Termiz tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Denov tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Qiziriq tumani IIB boshlig‘i, Denov tumani IIB boshlig‘i, 2020 yildan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari  lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Surxondaryo viloyatining Angor tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.

Mavzuga oid