Litsey imtihonlari noma'lum muddatga qoldirildi
9-sinf bitiruvchilarining akademik litseylarga saralash imtihonlari noma'lum muddatga qoldirildi.
«Maxsus komissiya qaroriga muvofiq karantin talablarining kuchaytirilishi munosabati bilan, akademik litseylarda saralash imtihonlari noma'lum muddatlarga qoldirilganini ma'lum qilamiz», – deyiladi Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmasi xabarida.
Ma'lumot uchun, «Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan, akademik litseylarda saralash imtihonlari har yili 10 iyuldan 25 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan.
Avvalroq, yuridik texnikumlarga qabul parametrlari haqida ma'lumot berilgan edi.
Mavzuga oid
17:32 / 08.08.2024
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
18:54 / 01.08.2024
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” – bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi
07:08 / 23.07.2024
Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
08:00 / 14.07.2024