O‘zbekiston | 07:29 / 24.07.2020
18666
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari hajmi 32 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» hajmi 32 mlrd dollardan oshdi.

Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari statistikasini yangiladi.

2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 32,3 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (19,4 mlrd dollar) va xorijiy valutadagi zaxira aktivlar (12,4 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.

Markaziy bank ushbu ma'lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017 yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar 32 milliard dollardan oshdi. Ular asosan oltin narxining o‘sishi hisobiga ortdi.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

O‘zbekiston 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma'lum bo‘ldi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.

Bundan oldin, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi 31 mlrd dollardan oshgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid