Jamiyat | 13:44 / 29.07.2020
7454
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘sh yerdan foydalanish huquqini qanday olish mumkinligi haqida ma'lumot berildi

«Davergeodezkadastr» qo‘mitasi matbuot kotibi Ne'mat Atamuratov AOKAda o‘tkazilgan brifingda bo‘sh yerdan foydalanish huquqini olish qay tartibda amalga oshirilishi haqida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar bo‘sh yer hududini aniqlab, uni tasarruf qilishni istagan taqdirda yerdan foydalanish huquqini E-kadastr.uz portali orqali olishi mumkin.

«Mazkur portal bo‘sh yer uchastkalarining ochiq xaritasi bo‘lib, unda respublikaning barcha tuman va shaharlarida aniqlangan bo‘sh yer uchastkalari joylashtirilgan bo‘lib, hozirda ushbu manzilda 18 329ta bo‘sh yer uchastkasi haqida ma'lumotlar mavjud.

E-kadastr.uz elektron portali orqali fuqaro o‘zi aniqlagan bo‘sh yer maydonini xaritada belgilashi va vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yuborishi mumkin.

Murojaat 5 ish kuni davomida «Davergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi va natijasi ijobiy bo‘lsa, E-kadastr.uz elektron portaliga joylashtiriladi. Keyingi bosqichda talabgor E-auksion.uz sayti orqali o‘tkaziladigan auksionda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan taqdirda yerni tasarruf etish mumkin», dedi qo‘mita rasmiysi.

Mavzuga oid