Turkiya O‘zbekistonga tibbiy anjomlardan iborat navbatdagi muruvvat yordamini yubordi
31 iyul, Qurbon hayiti kuni erta tongda I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Turkiyaning muruvvat yordami ortilgan samolyoti qo‘ndi.
Unda O‘zbekiston tibbiyot xodimlari qo‘llashi uchun maxsus himoyalovchi tibbiyot vositalari, niqoblar va boshqa anjomlar, shuningdek, dori-darmonlar ham bor, deb xabar qilmoqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi axborot xizmati.
50 000ta N-95 niqobi, 200 000 jarrohlik niqobi, 40 000 dona kombinezon, 5 000 dona yuzni to‘liq to‘suvchi niqob va Covid-19ni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalaridan iborat qariyb 12,5 tonna insonparvarlik yordamini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy gvardiya hamda Turkiya elchixonasi vakillari kutib olgan.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi muruvvat yordami uchun Turkiya va turk xalqiga minnatdorlik izhor qilgan.
Qayd etish joiz, Turkiya O‘zbekistonga shu yil may oyida ham insonparvarlik yordami jo‘natgan edi. Unda 50 dona sun'iy nafas oldirish jihozlari yuborilgandi.
Ta'kidlash o‘rinliki, Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan insonparvarlik yordami ro‘yxatida hozircha bahsli bo‘lib turgan gidroksixloroxin tabletkalari ham bor. Ushbu doridan 10 ming dona keltirilgani, jami og‘irligi 225 kg.ni tashkil etganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, gidroksixloroxin O‘zbekistonda koronavirusdan uyda davolanayotgan bemorlarga bepul tarqatiladigan dorilar to‘plamiga qo‘shilgan. Ammo ta'kidlash joiz, preparat Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirusni davolash bo‘yicha amaldagi protokolidan chiqarilgan. Dorining COVID-19 terapiyasidagi samarasi keng miqyosdagi klinik tadqiqotlarda isbotlanmagan.
Ma'lumot uchun, o‘tgan hafta O‘zbekistonga turkiyalik mutaxassislar guruhi koronavirusga qarshi kurashda maslahatchi sifatida kelgan edi.
Mavzuga oid
11:14 / 04.07.2024
O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududiga insonparvarlik yordami yubordi
20:50 / 02.04.2024
G‘azoda g‘arblik ko‘ngillilar Isroil aviazarbasi qurboniga aylandi. TsAHAL «fojiali hodisa»ni tekshirmoqda
09:04 / 17.03.2024
G‘azoga dengiz orqali insonparvarlik yordamining ilk partiyasi yetkazildi
16:29 / 19.10.2023