Smartfonning xizmat muddatini uzaytirish yo‘li ma'lum qilindi
Smartfon uzoqroq vaqt xizmat ko‘rsatishi uchun uni ekrani bilan pastga qilib qo‘yish lozim.
Bunday tavsiyani foydalanuvchilarga G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining informatika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyev bergan.
“Ekranni himoyalashning ko‘plab usullari mavjud, biroq kameralar uchun hozircha yo‘q. Shu sababli telefoningizni ekrani bilan pastga qo‘yib, kameraning kamroq tirnalishiga, displeyning esa qizib ketmasligiga yordam berasiz”, deb aytgan mutaxassis.
Bu tavsiya smartfon himoya g‘ilofida bo‘lganda ham asqotadi, chunki asosiy kamera bunday holatda ham boshqa yuzalar bilan ta'sirlashish natijasida shikastlanishi mumkin. Mutaxassis, shuningdek, yangi gadjet bilan har doim himoya oynasini sotib olishni yana bir bor eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024
Prokuratura va qator davlat idoralari qimmatbaho smartfonlar sotib olmoqda
15:32 / 13.04.2024
Narxi 600-800 dollar oralig‘idagi eng ko‘p sotilgan 20 ta smartfon nomi e’lon qilindi
18:51 / 13.03.2024