Rog‘un GESda elektr energiyasi ishlab chiqarish deyarli uch baravar oshdi
Rog‘un GES yilning birinchi yarmida o‘tgan yil shu davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarishni deyarli uch baravar oshirdi.
«Barki tochik» ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Rog‘un GESda 595 million kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarildi. Bu 2019 yilning birinchi yarmiga nisbatan 385 million kVt/soat ko‘p.
Asia-Plus’ning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda ushbu stansiyaning faqat ikkita agregati ishlamoqda: birinchi agregat 2018 yil noyabr oyida, ikkinchisi - o‘tgan yilning sentabr oyida ishga tushirilgan.
Umuman olganda, Rog‘un GESning mashina zalida har birining quvvati 600 MVt bo‘lgan oltita gidroagregat qurilmasini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Stansiya 2033 yilga qadar to‘liq qurib bitkazilishi kutilmoqda.
Bu yil Rog‘un GES qurilishini yakunlash uchun budjetdan 2,1 milliard somoniy ajratilishi rejalashtirilgan.
Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida ushbu mablag‘dan 1,3 milliard somoniy o‘zlashtirildi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rog‘un GES qurilishi boshlangandan beri barcha moliyalashtirish manbalaridan 28 milliard somoniy mablag‘ sarflangan.
Stansiya to‘liq ishga tushirilgandan keyin elektr energiyasini ishlab chiqarish yiliga 17,0 milliard kVt/s.dan ko‘proqni tashkil qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 22.09.2024
Andijon va Xorazm viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan korxonalar aniqlandi
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:08 / 22.08.2024
Gaz qazib olish qisqaryapti, elektr energiyasi ishlab chiqarish ham kamaygan
15:24 / 19.08.2024