Bayrutdagi portlashdan ko‘rilgan zarar miqdori ma'lum qilindi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hasan Hamadning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonalarda joy yetishmasligi sababli ko‘pchilik tibbiy yordam ololmayapti.
Bayrutdagi portlashdan ko‘rilgan zarar miqdori 3 mlrd dollardan 5 mlrd dollargacha va hatto undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, dedi Livan poytaxti gubernatori Marvan Abbud.
Uning ma'lum qilishicha, portlash joyida ish olib borayotgan o‘n nafar qutqaruvchi halok bo‘lgan, yuzlab kishilar boshpanasiz qolgan.
Livan poytaxti Bayrut shahrida 4 avgust kuni ro‘y bergan ikki portlash oqibatida 100dan oshiq kishi halok bo‘lgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hasan Hamadning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonalarda joy yetishmasligi sababli ko‘pchilik tibbiy yordam ololmayapti.
“Portlash natijasida shahardagi to‘rtta kasalxona vayron bo‘lganligi vaziyatni yanada chigallashtirmoqda”, dedi u.
Hukumat bergan bayonotga ko‘ra, shaharning port hududida saqlangan 2750 tonna nitrat ammoniy (ammiak selitrasi) portlagan, bu moddalar ko‘p vaqtdan buyon tegishli xavfsizlik choralari ko‘rilmagan holda saqlangan.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
12:55 / 01.08.2024