O‘zbekiston | 12:22 / 05.08.2020
3790
2 daqiqa o‘qiladi

Fan va innovatsiya sohasidagi statistik ma'lumotlar ochiqlandi

2019 yilda tayanch doktorantura institutlarida tahsil oluvchilar 2247 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 483 taga (27,4 foiz) ko‘paygan.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2019 yilda respublikada tayanch doktoranturasi mavjud tashkilotlarning umumiy soni 114 tadan iborat bo‘lib, ulardan 59 tasi ilmiy tashkilotlar va 55 tasi esa, oliy ta'lim muassasalarini tashkil etadi. Ularda tahsil oluvchilar soni 2247 nafar bo‘lib, qabul qilinganlar 1013 nafarni hamda bitiruvchilar esa 335 nafarni tashkil etgan.

Dastlabki ma'lumotlar bo‘yicha 2019 yilda jami ishlanmalar hajmi 853,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, ulardan davlat sektoridagi ishlanmalar 314,7 mlrd. so‘mni, tadbirkorlik sektoridagi ishlanmalar 429,2 mlrd. so‘mni, oliy ta'lim sektoridagi ishlanmalar 106,7 mlrd. so‘mni, xususiy notijorat sektoridagi ishlanmalar 2,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Fan sohalari bo‘yicha jami xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 13,9 foizga oshib, 602,3 mlrd. so‘m bo‘lgan, shundan tabiiy va texnika fanlari 387,0 mlrd. so‘mni, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi fanlari 106,6 mlrd. so‘mni, ijtimoiy va gumanitar fanlar 108,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga jami xarajatlar 602,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan davlat sektori bo‘yicha 304,4 mlrd. so‘mni, tadbirkorlik sektorida 191,0 mlrd. so‘mni, oliy ta'lim sektorida 104,1 mlrd. so‘mni va xususiy notijorat sektorda esa, 2,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan. 

2019 yilda innovatsion loyihalarni amalga oshirgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 3753 tani tashkil etgan bo‘lsa, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich ishlab chiqarish sanoatiga to‘g‘ri kelib, 1979 tani tashkil etdi.

2019 yilda bajarilgan va sotilgan innovatsiyalar hajmi 26,2 trln. so‘m bo‘lib, shundan yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida 47,6 foizni va Andijon viloyatida 15,0 foizni tashkil etgan. 

Mavzuga oid