Tramp noqulay savolga javobdan qochib matbuot anjumanni to‘xtatdi
AQSh prezidenti Donald Tramp CBS News telekanali jurnalistining noqulay savolidan keyin matbuot anjumandan “jo‘nab qoldi”.
Tramp Nyu-Jyersi shtatidagi nutqi vaqtida “Faxriylar tanlovi” loyihasi uning tashabbusi ekanini aytgan. Biroq muxbirlardan biri Paula Rid Trampning bu gaplaridan keyin uning yolg‘onchi ekanini fosh qilmoqchi bo‘lgan.
Tramp o‘z nutqida navbatdagi marta o‘zini maqtab, “Faxriylar tanlovi” uning ma'muriyati xizmatlari evaziga amalga oshirilganini, undan avvalgi prezidentlar faqat bunga harakat qilishganini aytgan.
“Nima uchun siz “Faxriylar tanlovi”ni aynan siz yo‘lga qo‘yganingizni takrorlamoqdasiz? U 2014 yilda qabul qilingan, sizning gaplaringiz yolg‘on, ser”, deb aytgan muxbir va Tramp prezident lavozimini 2016 yildagina egallaganini eslatib o‘tgan.
Prezident so‘zni boshqa jurnalistga bermoqchi bo‘lgan, biroq Rid uni bo‘lib, yana bir marta o‘z savolini takrorlagan. Shundan keyin Tramp matbuot anjumanni to‘xtatib, ishtirokchilarga minnatdorlik bildirgan holda minbarni tark etgan.
Avvalroq, Tramp ushbu jurnalistni Oq uyni koronavirusga qarshi yetarlicha choralar ko‘rmayotganlikda ayblagani uchun “soxta” va “sharmanda” deb atagan.
Faxriylarga AQShning faxriylar masalalari bo‘yicha vazirligi tizimidagi davlat muassasalaridan boshqa muassasalarda tibbiy yordam olish huquqini beruvchi dastur amalga oshirilishi haqidagi qonunni 2014 yilda sobiq prezident Barak Obama imzolagan. Jurnalistlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Tramp o‘z prezidentligi davomida ushbu loyiha aynan uniki ekanini 150 martadan ko‘proq marta ta'kidlab o‘tgan.