Jamiyat | 14:37 / 13.08.2020
10721
1 daqiqa o‘qiladi

Magistratura sirtqi ta'lim  shaklida o‘qitilmasligiga izoh berildi

Xalqaro press-klubning ta'lim masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov nima sababdan magistratura bosqichida sirtqi ta'lim shakli yo‘qligiga izoh berdi.

«Magistratura ta'limi tor mutaxassislik bo‘lgani sababli bu bosqichda talabalar tor yo‘nalishda tayyorlanadi. Bugungi kunda magistratura bosqichi o‘quv rejasidagi yuklama hajmiga e'tibor beradigan bo‘lsak, uning 35-40 foizi bevosita auditoriyada o‘tkaziladigan mashg‘ulot turlari hisoblanadi. Qolgan 60-65 foizi esa ilmiy faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq o‘quv yuklamasi sanaladi», dedi vazir o‘rinbosari.

Qayd etilishicha, bu tartib talabadan o‘zining ilmiy rahbari bilan bevosita ishlashni, ilmiy pedagogik faoliyatini davom ettirishni talab etadi. Bu esa talabaning o‘quv muassasasida bo‘lishini taqozo etadigan jarayondir. Magistratura bosqichi uchun sirtqi ta'lim keyinchalik tajribalarni o‘rganib, ko‘rib chiqilishi mumkin. Lekin hozirda bizda magistraturani sirtqi o‘qishning iloji yo‘q

Mavzuga oid