Tixanovskaya shtabi belaruslarni umumiy ish tashlashga chaqirdi
Svetlana Tixanovskaya tarafdorlari qonuniy va zo‘ravonlik ishlatmasdan saylov natijalari bekor qilinishiga erishmoqchi.
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayaning shtabi prezident Aleksandr Lukashenkoning iste'fosiga erishish uchun umumiy ish tashlash zarurligini bildirdi.
"Biz barcha mehnat jamoalarini Aleksandr Lukashenkoning iste'fosini talab qilib muddatsiz ish tashlashga qo‘shilishga chaqiramiz", - deyiladi shtab bayonotida.
Bayonotda qayd etilishicha, Tixanovskaya tarafdorlari qonuniy va zo‘ravonlik ishlatmasdan saylov natijalari bekor qilinishiga erishmoqchi.
Avvalroq Svetlana Tixanovskaya mamlakat fuqarolariga yangi videomurojaat yo‘llab, millat yetakchisi bo‘lishga tayyorligini e'lon qilgandi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 9 avgust kuni o‘tkazilgan saylovda Svetlana Tixanovskaya 10 foizdan ortiq, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko esa 80 foizdan ortiq ovoz to‘pladi. Saylov natijalari e'lon qilingach, mamlakatda norozilik namoyishlari avj oldi. Tixanovskaya esa Belarusni tark etishga majbur bo‘lib, Litvaga ketdi.
Mavzuga oid
13:20 / 27.11.2023
Tixanovskaya Lukashenkoga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
11:58 / 08.11.2023
Tixanovskaya Berlinda «Belarusning do‘stlari» bilan uchrashdi
11:40 / 04.05.2023
Tixanovskaya: Protasevichga hukm - belaruslar uchun sinov
11:27 / 25.04.2023