Prezident yangi avtomobil modellarini ko‘zdan kechirdi
Bektemir tumani faollari bilan uchrashuvdan so‘ng davlat rahbari mamlakatimizda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil yanvarda Germaniyaga rasmiy tashrifi chog‘ida «O‘zavtosanoat» AJ va «Volkswagen» konserni o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy minivenini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yetti o‘rinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslashtirish uchun juda mos keladi. Shuningdek, Isuzu zavodida ham qulay platforma mavjud.
Ma'lumki, mamlakatimizda yengil avtomobillar, yuk mashinalari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, aynan shu yo‘nalishdagi segment bo‘sh edi. Qo‘shni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.
Shu maqsadda tajriba tariqasida Volkswagen, Škoda va Isuzu liniyasida maxsus mashinalar namunalari tayyorlandi.
Shavkat Mirziyoyev bunday yangi yo‘nalish import o‘rnini to‘ldirish va eksportni kengaytirishda muhim ekanini ta'kidlab, kerakli ko‘rsatmalar berdi.
Ushbu mashinalar joriy yilning to‘rtinchi choragida Jizzax avtomobil zavodida yig‘ila boshlaydi. 2022 yildan ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:40 / 19.04.2024
Toshkent aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarga nom berishda ishtirok etishi mumkin
14:25 / 06.04.2024
Hashar bahona tashkilotlar xodimlarining bir kunlik ish haqi ushlab qolinyapti. Bu qonunga zid
18:59 / 11.03.2024
Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi
16:08 / 06.02.2024