Qozog‘iston kutilmaganda dunyo avtosanoati yetakchisiga aylandi
Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘yicha avtomobillar savdosi hajmini qulatdi, ammo Qozog‘istonda emas.
Qozog‘iston savdo sur'atlarining o‘sishi bo‘yicha kutilmaganda dunyo avtosanoati yetakchisiga aylandi.
Motor.ru xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi avj olgan may oyida ko‘plab mamlakatlarda yangi avtomobillar savdosi hajmi keskin pasaygan, ammo Qozog‘istonda emas.
Milliy avtomobillar savdosi uyushmasi (NCSA) ma'lumotiga ko‘ra, may oyida dunyo avtobozori deyarli 31 foizga qisqargan va 5,2 mln avtomobil sotilgan. Jumladan, AQSh yangi avtomobillar bozori 29 foizga, Rossiyaniki 54 foizga, Buyuk Britaniyaniki 87 foizga, Fransiyaniki 47 foizga, Germaniyaniki 49 foizga qisqargan.
Qozog‘istonda esa yangi avtomobillar savdosi 19 foizga o‘sgan.
Qozog‘iston avtobiznes uyushmasining ta'kidlashicha, «hukumat va avtomobil ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro kelishilgan harakatlari tufayli savdo hajmi oshgan» va bu natija «mamlakatga dunyoning eng barqaror bozorlar reytingida peshqadam bo‘lib olishga» yordam bergan.
Rossiya bozori faqat 2020 yil iyul oyiga kelib inqirozdan chiqqan va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizni tashkil qilgan. Aprel oyida esa statistika ma'lumotlari tarixida eng katta pasayish kuzatilgan – 72,4 foiz.
Qayd qilish joizki, NCSA 96 mamlakatdagi avtomobil bozori holatini tahlil qiladi va nafaqat savdo bo‘yicha, balki ishlab chiqarish bo‘yicha ham statistika ma'lumotlarini to‘playdi.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024