Sport | 21:38 / 28.08.2020
6452
1 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan o‘tkazdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinovni Rossiya Premer-ligasining 2020/21 yilgi mavsumi uchun qaydnomadan o‘tkazdi. Bu haqda RPL rasmiy sayti ma'lum qildi.

Foto: «Lokomotiv» rasmiy tvitteri

Xabar qilinishicha, «temiryo‘lchilar» «Bunyodkor»dan o‘tgan futbolchining transferidagi barcha qiyinchiliklarni hal qilishgan.

Avvalroq O‘zbekiston professional futbol ligasi Jaloliddinov shartnomasini bekor qilib ketganini xabar qilib, transferni tekshirish kerakligini talab qilgandi.

«Bunyodkor» «Lokomotiv»ga 18 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining transferiga oid barcha hujjatlarni yubordi. 

Avvalroq moskvaliklar Jaloliddinov uchun 1 mln yevroga yaqin pul to‘lagani xabar qilingandi. «Bunyodkor»ning sobiq bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev esa yosh futbolchining 350 ming yevroga transfer qilinganini aytgandi.

Mavzuga oid