Jamiyat | 22:34 / 30.08.2020
327464
1 daqiqa o‘qiladi

Fathulla Mas'udov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas'udov koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas'udov 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, marhum so‘nggi haftalar davomida koronavirusdan davolanayotgandi. U koronavirusning og‘ir formasini boshdan kechirgan.

Fathulla Mas'udov 1963 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015 yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999 yili «Shuhrat» medaliga sazovor bo‘lgan, 2003 yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 25 avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etgandi.

Mavzuga oid