Bayrutdagi portlashdan keyin Livanda ocharchilik boshlanishi mumkin - BMT
BMTda avgust boshida yuz bergan Bayrutdagi portlash sababli Livanda ocharchilik boshlanishi mumkinligi aytildi. Shu sababli mutaxassislar Livan hukumatini portdagi g‘alla omborini zudlik bilan tiklashga chaqirishmoqda.
2020 yil oxirigacha Livanning yarim aholisiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini chuqurlashtirib yuborgan portlashdan keyin oziq-ovqat inqirozi xavf solmoqda. Bu haqda BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ma'ruzasiga tayanib Al Arabiya telekanali xabar berdi.
“Livanga mahsulotlar olib kiriladigan bosh logistik punkt hisoblangan Bayrut portining katta qismini yo‘q qilgan kuchli portlash hamda nochorlik va ishsizlik darajasining keskin o‘sishi sababli mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi o‘zining oziq-ovqatga asosiy ehtiyojlarini qondira olmasligi mumkin”, deyilgan ma'ruzada.
Ta'kidlanishicha, oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga Livan funti qulashi ham olib keladi. Ekspertlar Livan milliy valutasining 80 foizga qadrsizlanishini prognoz qilishmoqda. Bunga koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari ham olib keladi.
“Oziq-ovqat inqirozini bartaraf etish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish lozim”, deb aytgan BMT komissiyasi ijrochi kotibi Rola Dashti.
Uning ta'kidlashicha, Bayrut porti Livanga oziq-ovqat mahsulotlari olib kirilgan asosiy punkt bo‘lgan. Shu sababli komissiya portdagi g‘alla omborini zudlik bilan tiklashga chaqirmoqda.
Bayrutda 4 avgustda kuchli portlashlar yuz bergandi. Buning oqibatida Livan poytaxtining katta qismi vayron bo‘lgan. Portlashga portda tegishlicha tarzda saqlanmagan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lgan. Portlash 190 kishining o‘limiga, 300 mingdan ko‘proq kishining boshpanasiz qolishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
15:10 / 05.11.2024
Livan SSV: Isroil hujumlarida bir sutkada 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
14:50 / 28.10.2024
Isroil Bayrut janubiga 12 ta zarba berdi
14:30 / 28.10.2024