Jahon | 10:26 / 06.09.2020
29288
1 daqiqa o‘qiladi

Yashirin kamerani smartfon yordamida qanday topish mumkinligi ma'lum qilindi 

Yashirin kameralar odatda qo‘l yetmas, ilg‘ash qiyin bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Biroq uni umuman ilg‘anmaydigan qilib o‘rnatishning iloji yo‘q.

Foto: Getty Images

“Sinergiya” universiteti mutaxassisi Roman Soldatenkovning ta'kidlashicha, yashirin kamerani smartfondagi kamera va fonarcha yordamida aniqlash mumkin. 

Smartfonda kamera va fonarcha yoqilgach, yashirin kamera bor-yo‘qligi tekshiriladigan xonani imkoni boricha qorong‘ilashtirish va uni bir chekkadan tekshirib chiqish lozim. Bunda ayniqsa shiftlarni, rozetka o‘rnatilgan devorlarni sinchkovlik bilan tekshirish lozim.

Agar xonada yashirin kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, unda smartfon ekranida shu'lani (blik) ko‘rish mumkin bo‘ladi. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, smartfonda fonarcha bo‘lmasa, unda oddiy fonardan foydalanib, uni smartfon kamerasi yo‘nalgan tomonga yo‘naltirish lozim.

 

Mavzuga oid