Hindiston COVID-19ga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi
Kasallik yuqtirish holatlari soni o‘sishiga qaramasdan, mamlakat hukumati iqtisodiyotni qutqarish maqsadida ilgari kiritilgan cheklovlarni bekor qilishda davom etmoqda.
Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4,2 mln kishiga yetdi, deb xabar berdi AR agentligi.
Mamlakatda bir sutkada 90 802 kishida kasallik aniqlangan bo‘lib, COVID-19ga chalinganlar soni bo‘yicha Hindiston dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
Kasallik yuqtirishlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi - 6,46 mln holat. Braziliya 4,14 mln holat bilan uchinchi o‘ringa tushgan.
Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 1016 bemor vafot etgan, jami vafot etganlar soni 71 687 nafarga yetgan.
Kasallik yuqtirish holatlari soni o‘sishiga qaramasdan, mamlakat hukumati iqtisodiyotni qutqarish maqsadida ilgari kiritilgan cheklovlarni bekor qilishda davom etmoqda. Xususan, 7 sentyabrdan besh oylik tanaffusdan so‘ng Dehlida metro faoliyati tiklandi.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024