Senat qo‘mitasi raisi: «Yilni moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli yakunlash imkoni bor»
Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi majlisida 2020 yil birinchi yarmidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar xususida so‘z bordi. Qo‘mita raisi, senator Erkin Gadoyev davlat budjetining yarim yillik ijrosi bo‘yicha qisqa axborot berdi.
«Davlat budjetining ijrosi 2020 yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha 58,2 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu – 2020 yil uchun ajratilgan budjetning 45,3 foizini tashkil qiladi.
O‘tgan yilning 6 oyi bilan solishtirganda, mablag‘ tushirish ko‘rsatkichlari 15 foizga oshganini ko‘rish mumkin. Bu yaxshi ko‘rsatkich. Bundan kelib chiqadiki, yilni muvaffaqiyatli yakunlash imkoniyatlari mavjud. Buning uchun ichki imkoniyatlardan to‘la samarali foydalanish taqozo etiladi», – dedi Gadoyev qo‘mitaning 8 sentabr kungi yig‘ilishida.
Erkin Gadoyevga ko‘ra, birinchi yarim yillikda mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichi kutilganidan kamroqni tashkil etgan.
«Yil avvalida mahalliy budjetlarning daromadlari 11,5 trln so‘m bo‘lishi belgilangan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich 10,2 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu pandemiya sharotida qator soliq imtiyozlari berilgani bilan izohlanadi.
Mahalliy budjetlardagi bu bo‘shliq respublika budjeti mablag‘laridan transfer yo‘li bilan qoplab berildi», – deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024