Koronavirus: Samarqand va Namangan viloyatlarida o‘nlab bemorlar aniqlandi
11 sentabr kuni O‘zbekistonda 593 kishida koronavirus aniqlanib, 468 bemor sog‘aydi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu – so‘nggi uch hafta ichidagi ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bir kun oldin, 10 sentyabrda 749 nafar yangi bemor aniqlangandi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 46 mingdan, tuzalganlar esa 43 mingdan oshdi; qurbonlar 380 nafarga yetdi.
Yangi holatlar (+593)
So‘nggi bir necha kun ichida Toshkent shahrida kasallanish ko‘rsatkichi keskin oshgani kuzatilgandi, 10 sentabr kuni esa Namangan va Samarqand viloyatlarida yuqori o‘sish qayd etildi.
- Toshkent shahri – 376
- Toshkent viloyati – 70
- Namangan viloyati – 62
- Samarqand viloyati – 47
- Andijon viloyati – 14
- Qashqadaryo viloyati – 6
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6
- Farg‘ona viloyati – 5
- Xorazm viloyati – 5
- Navoiy viloyati – 2
Tuzalganlar (+468)
Vazirlik jami 46 272 bemordan 43 023 nafar tuzalganini qayd etgan.
- Toshkent shahri – 285
- Toshkent viloyati – 157
- Namangan viloyati – 10
- Andijon viloyati – 6
- Qashqadaryo viloyati – 5
- Navoiy viloyati – 3
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2
O‘lim holatlari (+7)
Kun davomida Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 1 nafar bemor vafot etgani xabar qilindi.
- Qashqadaryolik 54 yoshli A.J. (erkak)
- Poytaxtlik 37 yoshli Sh.G. (ayol)
- Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. (erkak)
- Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. (ayol)
- Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli B.A. (ayol)
- Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 78 yoshli O.F. (ayol)
- Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli D.T. (erkak)
Davolanayotgan bemorlar 2 869 nafarni tashkil etmoqda. 3 kun oldin bu ko‘rsatkich 2 027tani tashkil etayotgandi.
Bemorlarning 475 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023