Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Samarqand viloyati hokimligida viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Ukrainaning mamlakatdagi elchisi Nikolay Doroshenko o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Ukraina elchixonasi xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Ukraina aloqalarining mustahkamlanib borayotgani ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda viloyatda IT Park tashkil etish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar muhokama etildi.
Uchrashuvda elchi Samarqand bilan o‘zaro birodarlashgan Lvov viloyati rahbari Maksim Kozitskiyning viloyat vakillari Lvovga taklif etilgan taklifnomasini topshirdi. Shuningdek, Samarqand shahar hokimiga Lvov shahriga taklifnoma taqdim etildi.
Uchrashuvda Samarqand va Lvov shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama etildi.
Tomonlar tez fursatda ukrainalik ishlab chiqaruvchilar va ishbilarmonlar ishtirokida onlayn rejimda samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024