Jahon | 00:45 / 12.09.2020
16636
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya prezidenti o‘z davlatining koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qildi 

Foto: Reuters

Braziliya koronavirus pandemiyasi ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda  mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru ma'lum qildi. 

“Hukumat pandemiyaning salbiy oqibatlarini minimallashtirish uchun barcha ishni qildi”, deb aytgan Bolsonaru. U kichik biznesni kredit yordamida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘rilgani, ijtimoiy nafaqalar to‘langani, uni 65 mln kishi olgani, hududlar ma'muriyatlariga tibbiy yordamni tashkillashtirish uchun mablag‘lar ajratilganini eslab o‘tgan.

Braziliya prezidenti mahalliy matbuotni federal markazning bu boradagi muvaffaqiyatlari haqida hech narsa demaslikda ayblagan. Uning aytishicha, xorijiy OAVda Braziliya pandemiyadan eng kam aziyat chekkan davlatlar qatoriga kirgani haqida yangiliklar berilmoqda.

Braziliya ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar ko‘pligi bo‘yicha AQSh va Hindistondan keyin dunyoda 3-o‘rinni (4,2 mlndan ko‘proq kasallangan), koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bo‘yicha esa AQShdan keyin 2-o‘rinni (129 mingdan ko‘proq) egallamoqda.

Mavzuga oid