Payariqda 60 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlandi
Butun mamlakat bo‘ylab maktab o‘qituvchilari koronavirusga test topshirmoqda. Samarqand viloyati Payariq tumanida ham o‘qituvchilar testdan o‘tkazildi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, birinchi kuni 576 nafar payariqlik o‘qituvchi test topshirgan va ulardan 60 nafarida koronavirus aniqlangan. Umumiy hisobda 1 860 nafar pedagog test topshirgan bo‘lib, qolgan natijalari hali aniq emas.
Tumandagi 47 810 nafar ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan. Ulardan 35 850 nafar ota-ona an'anaviy ta'lim shaklini, 11 959 nafar ota-ona esa farzandlari onlayn ta'lim olishini tanlagan.
Ma'lumot uchun, Payariq tumanida 99 ta umumta'lim maktabi faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
19:20 / 16.01.2024
Payariqda advokat qaynukasini pichoqladi. Jabrlanuvchi tomon u qamoqqa olinishi kerak deb hisoblamoqda
13:24 / 06.01.2024
Samarqandda klaster faoliyatidan norozi bo‘lib Agrobank binosida namoyish o‘tkazgan fermer jazolandi
15:58 / 16.08.2023
Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi
08:28 / 19.03.2023