O‘zbekiston | 10:06 / 15.09.2020
8628
2 daqiqa o‘qiladi

Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin o‘zbekistonlik olib kelindi

Olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.

Maxsus poyezd reyslari orqali Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin fuqaro olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
 
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan, shuningdek, Yekaterinburgdan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” hamda “Toshkent–Yekaterinburg–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 12 sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 834 nafar fuqaro bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Shuningdek, 12 sentabr kuni 847 nafar o‘zbekistonlik bilan Yekaterinburgdan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Mavzuga oid