Jahon | 15:17 / 15.09.2020
13338
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb hisoblamasligini ma'lum qildi

Yevropa Ittifoqi parlamenti deputatlari 17 avgust kuni o‘tkazilgan majlisda Aleksandr Lukashenkoni persona non grata deb e'lon qilgandi

Foto: belta.by

Yevroittifoq Aleksandr Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb hisoblamaydi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma'lum qildi.

"Biz 9 avgustdagi saylovlarni soxtalashtirilgan deb hisoblaymiz. Biz Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmaymiz", - dedi u.

Yevropa Ittifoqi parlamenti deputatlari 17 avgust kuni o‘tkazilgan majlisda Aleksandr Lukashenkoni persona non grata deb e'lon qilgandi.

 9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foizdan ortiq ovoz to‘plagan.

Saylov natijalari e'lon qilinganidan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari davom etmoqda.

 

Mavzuga oid