Jahon | 22:32 / 17.09.2020
4647
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamda to‘fon sababli 550 mingdan ko‘proq kishini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

Vetnam hukumati markaziy provinsiyalarda yashovchi 550 mingdan ko‘proq kishini mamlakatga “Noul” to‘foni yaqinlashayotgani sababli evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. To‘fon mamlakat sohillariga yaqin soatlarda yopirilishi kutilmoqda.

Foto: AFP / arxiv

To‘fon Vetnam sohillariga 18 sentabr mahalliy vaqt bilan soat 10lar atrofida yetib keladi. Undagi shamol tezligi o‘rtacha 100-135 km/soatga, kuchayganda esa 180 km/soatgacha yetishi kutilmoqda.

To‘fon o‘zi bilan birga kuchli yomg‘irlar olib keladi, 200-300 mm yog‘ingarchilik tushishi hamda toshqinlar va ko‘chkilarga olib kelishi mumkin.

Vetnam bosh vaziri o‘rinbosari Trin Din Zung provinsiyalar ma'muriyatlari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, ularni to‘fon oqibatlariga tezkorlik bilan javob berishga chaqirgan.

Mavzuga oid