Jahon | 01:34 / 20.09.2020
10554
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Trampni zaharlashga bo‘lgan urinishning oldi olingani to‘g‘risida xabar berdi

Foto: Reuters

Ma'lumot berilishicha, ikki marta o‘tkazilgan test jo‘natmada ritsin borligini tasdiqlagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp nomiga yuborilgan jo‘natma ichidan kuchli ta'sir qiluvchi ritsin zahari topildi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalariga tayanib CNN telekanali xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, ikki marta o‘tkazilgan test jo‘natmada ritsin borligini tasdiqlagan. Oq uyga yuborilgan barcha pochta yetkazib berishdan oldin AQSh prezidenti qarorgohidan tashqarida tekshiriladi.

Telekanalning bildirishicha, ushbu holat bo‘yicha FQB va Trampni qo‘riqlovchi AQSh maxfiy xizmati surishtiruv olib bormoqda.

New York Times nashrining yozishicha esa, gap jo‘natma emas, konvert haqida bormoqda.

Ritsin yuqori darajadagi zahar bo‘lib, o‘tmishda undan terrorchilar bir necha marta foydalanishgan.

Mavzuga oid