O‘zbekiston | 08:36 / 24.09.2020
7817
1 daqiqa o‘qiladi

«Bo‘zsuv» kanaliga tushib ketgan «Matiz» olib chiqildi

Qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan.

Joriy yilning 22 sentabr kuni soat 14:30larda, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Tovoqsoy qo‘rg‘onida yashovchi A.E. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, transport vositasi "Bo‘zsuv" kanaliga tushib ketgan.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, avtomashina suvga tushib ketayotgan vaqtda haydovchi A.E. mashinadan tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan.

Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida maxsus yuk ko‘taruvchi avtokran yordamida transport vositasi suvdan olib chiqilgan.

Mavzuga oid