Ozarboyjonda Armaniston bilan qarama-qarshilik ortida internetdan foydalanish cheklandi
Ozarboyjon transport, aloqa va yuqori texnologiyalar vazirligi mamlakatda internetdan foydalanishga cheklov kiritdi. Vazirlikda ta'kidlanishicha, bu Armaniston tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan katta ko‘lamli ig‘vogarliklar oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar boshlandi.
“Bizda urush. Internet uzib qo‘yildi, messenjer va ijtimoiy tarmoqlar ishlamayapti”, deb ma'lum qilgan Ozarboyjon poytaxti Bokuda yashovchi foydalanuvchilardan biri.
Ozarboyjon aloqa vazirligida fuqarolar harbiy harakatlar sharoitida ushbu cheklovlarga tushunish bilan qarashlariga umid bildirilgan.
Bundan tashqari, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev respublikaning bir qator shaharlari va hududlarida harbiy holat kiritilishini tasdiqlagan. Shuningdek, 28 sentyabrdan komendantlik soati joriy qilinadi.
Avvalroq Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ bilan tutashuv chizig‘idagi aholi punktlarini o‘qqa tutganini, buning oqibatida tinch aholi orasida yo‘qotishlar borligini ma'lum qilgan. Bu orada Armanistonning ta'kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjon armiyasi tomonidan havo va raketa hujumlariga uchragan.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024