Tergov departamenti apparatida yangi tayinlov amalga oshirildi
Otabek Valixonov Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tergov departamenti apparatida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda departament xabarida aytilgan.
O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV huzuridagi Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha inspektori Otabek Valixonov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini olib borgan Javohir Jalilov IIV Akademiyasi Oliy akademik kurslariga o‘qishga kirganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024