Qirg‘iziston parlamentiga saylovlarning dastlabki natijalari e'lon qilindi
Qirg‘izistonda 4 oktyabrda o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, 7-chaqiriqdagi parlamentga saylovlarda ishtirok etgan 16ta partiyadan 4tasi o‘tdi.
Respublika markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan 7 foizlik to‘siqdan “Birimdik” (24,96 foiz), “Mekenim Kirgizstan” (24,33 foiz), “Kirgizstan” (8,9 foiz), “Butun Kirgizstan” (7,2 foiz) partiyalari o‘tgan. Ularga 6,94 foiz to‘plagan “Mekenchil” partiyasi qo‘shilishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, 90 foiz saylov uchastkasidan olingan ma'lumotlar qayta ishlangan.
Agar raqamlar o‘zgarmasa, parlamentga o‘tgan partiyalar orasida deputatlik o‘rinlari quyidagicha taqsimlanadi: “Birimdik” - 41, “Mekenim Kirgizstan” - 40, “Kirgizstan” - 15, “Butun Kirgizstan” - 12, “Mekenchil” - 12.
Bu orada 2,15 foiz ovoz to‘plagan “Sotsial-Demokratlar” partiyasi vakillari muddatsiz norozilik namoyishi boshlashlarini e'lon qilishgan. Ular saylovlar natijalarini noqonuniy deb topishni talab qilishmoqda va boshqa partiyalarni ularni qo‘llab-quvvatlashga chaqirishmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024