Dunyodagi eng xaridorgir smartfon aniqlandi
ComprarAcciones nashri tahlilchilari dunyoda ayni damda eng xaridorgir smartfonni ma'lum qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, ayni vaqtda iPhone 11 eng ko‘p sotilgan smartfon hisoblanadi.
Tahlilchilar ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 2-choragida dunyo bo‘yicha smartfonlar savdosi 2019 yilning shu choragiga nisbatan 20,4 foizga qisqargan va 294,7 mln donani tashkil qilgan.
Eng ko‘p smartfon Huawei kompaniyasi sotgan – umumiy savdodan 20 foiz. Keyingi o‘rinlarni Samsung (19,5 foiz) va Apple (13,5 foiz) egallagan.
Dunyoda eng xaridorgir smartfon iPhone 11 bo‘lgan. Undan 2-chorakda 37,7 mln dona sotilgan. 2-o‘rinni yetakchidan katta farq bilan Samsung Galaxy A51 egallagan: ushbu smartfondan 11,4 mln dona sotilgan. 3-o‘rinni 11 mln dona sotilgan Xiaomi Redmi Note 8 egallagan.
E'tiborlisi, eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligiga iPhone’ning 5 ta, Xiaomi’ning 4 ta smartfoni kirgan.
Mavzuga oid
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024
Prokuratura va qator davlat idoralari qimmatbaho smartfonlar sotib olmoqda
15:32 / 13.04.2024
Narxi 600-800 dollar oralig‘idagi eng ko‘p sotilgan 20 ta smartfon nomi e’lon qilindi
18:51 / 13.03.2024