Milliarderlarning umumiy boyligi 10 trillion dollardan oshdi
Dunyodagi barcha milliarderlarning umumiy boyligi 2020 yil iyul oxiriga ko‘ra 10,2 trln dollarga yetgan. Bu esa rekord qiymat hisoblanadi. Avvalgi rekord 2017 yilda qayd qilingan va 8,9 trln dollarni tashkil qilgan.
Bunday ma'lumotlar PwC auditorlik kompaniyasi va UBS banki birgalikda olib borgan tadqiqotda keltirilgan.
Hozirda dunyo milliarderlari soni 2,189 mingga yetgan. 2017 yilda ularning soni 2,158 mingni tashkil qilgan.
Tadqiqotga ko‘ra, 2020 yil aprelida dunyoda 2058 nafar milliarder bo‘lgan. Ularning umumiy boyligi esa 8 trln dollarni tashkil qilgan.
Ta'kidlanishicha, 200 dan ko‘proq milliarder pandemiyaga qarshi kurashga 7,2 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratgan. Jumladan, 5,5 mlrd dollar xayriya, sanoat tovarlari va qurilmalar ko‘rinishida ajratilgan.
Amerikalik milliarderlarning boyligi 2009 yildan 2020 yilgacha 170 foizga ko‘payib, ayni vaqtda 3,609 trln dollarni tashkil qiladi. Bu vaqt ichida Xitoyda milliarderlar umumiy boyligi 12,5 martaga oshgan va 1,681 trln dollarga yetgan. Germaniyada bu ko‘rsatkich 175 foizga oshib, 595 mlrd dollarga; Rossiyada 80 foizga oshib, 467,6 mlrd dollarga; Fransiyada 439 foizga oshib, 443 mlrd dollarga; Hindistonda 90 foizga oshib, 423 mlrd dollarga, Hongkongda esa 208 foizga oshib, 356 mlrd dollarga yetgan.
Va nihoyat, EMEA hududida (Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika) iyul oxirida 596 milliarder bo‘lgan (2019 yilga nisbatan 85 foiz ko‘proq) va ularning umumiy boyligi 2,723 trln dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024