Ukraina hukumati mamlakatdagi karantin rejimini 31 dekabrgacha uzaytirdi
Mamlakat bosh vaziri karantin cheklovlarini koronavirus pandemiyasiga qarshi "eng ta'sirchan mexanizm" deb atadi.
Ukraina hukumati mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklov choralarini 31 dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda bosh vazir Denis Shmigal ma'lum qildi.
"Hukumat adaptiv karantinning amal qilish muddatini yil oxirigacha uzaytiradi", - dedi u.
U mazkur chorani koronavirus pandemiyasiga qarshi nafaqat Ukraina, balki butun dunyodagi "eng ta'sirchan mexanizm" deb atadi.
Avvalroq Ukraina 28 sentyabrdan xorijliklarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgani ma'lum qilingandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 270,5 mingdan oshgan, 5100dan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:05 / 19.11.2024
Endi bizda ATACMS bor, undan foydalanamiz - Zelenskiy
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024