Jamiyat | 12:00 / 16.10.2020
9907
2 daqiqa o‘qiladi

Umidjon umid bilan yaxshilardan ko‘mak kutmoqda

Inson tanasi ajratayotgan zaharni chiqarib yuborish ham bir ne'mat ekanligini shu tizim kasalliklariga uchraganlar juda yaxshi bilishadi. Kun.uz saytida uyushtirilayotgan xayriyalar orasida buyrak kasalligidan aziyat chekayotganlar talaygina.

Uch yildirki haftasiga uch marta uch soatdan davom etuvchi gemodializ muolajalari bilan jon saqlab kelayotgan andijonlik Umidjon Yuldashev “Surunkali buyrak yetishmovchiligi og‘ir darajasi, terminal bosqichi” tashxisi bilan birinchi guruh nogironligiga chiqarilgan. Uning ikkala buyragi ham amalda ishdan chiqqan, hayotini saqlab qolishning yagona yo‘li buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi.

– Inson bemorligida sog‘ligini qadriga yetarkan. Hech kimning boshiga bu kunlar tushmasin, men tortgan azoblarni biror kishiga ravo ko‘rmayman. Juda ko‘pchilikdan yordam so‘rashga majbur bo‘ldim. Kun.uz mushtariylarini saxiy insonlar deb bilaman. Iltimos, mendan ko‘magingizni darig‘ tutmang. Men ham ko‘pchilik qatori sog‘ayib ketishni juda istayman, – dedi biz bilan suhbatda Umidjon.

Umidjon Yuldashevga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0201 1017 6042 (Milliy bank, Rustam Xoliqberdiyev nomida)

Sberbank: 4817 7602 1291 1444

Humo: 9860 0301 6577 2408 (Umid Yuldashev nomida)

Viza: 4916 6400 0016 2261 (Rustam Xoliqberdiyev nomida)

Telefon raqami: +998979916545

Aziz yurtdoshlar! Umidjon noumid bo‘lmasligini chin dildan istaymiz va o‘ylaymizki savob olishning yana bir imkoniyatidan albatta foydalanasiz.

Abror Zohidov.

Mavzuga oid