Jahon | 14:48 / 19.10.2020
10796
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda 2 ming yil avval chizilgan ulkan mushuk tasviri topildi

Arxeologlar Peruning janubiy qismidagi Naska platosida olib borilgan qazishma ishlari davomida ulkan mushuk tasviriga duch keldi. Geotasvirning uzunligi 37 metrga yetadi, uning yoshi 2 ming yilga tengligi aytilmoqda.

Foto: Jhony Islas / Peruʼs Ministry of Culture - Nasca-Palpa / AP / Scanpix

Tog‘ yonbag‘riga chizilgan tasvirda mushukning chap yoni bilan yotganini ko‘rish mumkin. Peru Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, ulkan tasvir kuzatuv maydonchasini qayta tiklash ishlari davomida topilgan va tabiiy eroziya tufayli yo‘qolib ketish xavfi ostiga kelib qolgan.

Tasvir chizilish uslubiga ko‘ra mahalliy madaniyatda mushuklarning rasmlari juda mashhur bo‘lgan qadimiy Parakasa davriga to‘g‘ri keladi. Ushbu tasvir ko‘pchiligi miloddan avvalgi 100-200 yillarga oid hisoblanadigan Naska platosidagi rasmlarning eng qadimiysi bo‘ldi.

Bundan tashqari bir necha o‘nlab kilometr uzunlikka cho‘zilgan platoda ulkan odamlar, hayvonlar, o‘simlik va geometrik shakllar tasvirini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, Naska platosidagi geogliflar [yerga chizilgan tasvirlar] YuNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Mavzuga oid